2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Charlotte Adriayen boshchiligidagi delegatsiya vakillari Farg‘ona politexnika institutiga tashrif buyurdi

592
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Charlotte Adriayen boshchiligidagi delegatsiya vakillari Farg‘ona politexnika institutiga tashrif buyurdi

Dastlab, oliygohda mavjud “Arxitektura va dizayn” markazi hamda Erasmus+ dasturi doirasida moliyalashtirilgan “Mexatronika va robototexnika”, “Space com” loyihalari, institutda talabalarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda  yangi tashkil etilgan muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Delegatsiya vakillari hamda oliygoh mutasaddilari ishtirokida kelgusidagi istiqbolli hamkorlik bo’yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda, intitutda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, muqobil energiya manbaalari, ilmiy va innovatsion ishlab chiqarish hamda turli sohalarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan jami 17 ta markaz va 14 ta “spin-off” korxonalari faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Shuningdek, ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik sohalarini rivojlantirish, hozirgi paytda institutda tayyorlanayotgan xorijiy ilmiy tadqiqot loyihalari haqida  fikrlar almashildi.

Uchrashuv so‘nggida, Yevropa Ittifoqi va oliygoh o‘rtasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan bir necha loyihalar belgilab olindi.

Manba: https://t.me/otfiv_rasmiy/2001

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz