2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyevning Chexiya universitetlariga xizmat safari davom etmoqda

360
Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyevning Chexiya universitetlariga xizmat safari davom etmoqda

Xususan, bugun Qarshi davlat universiteti va Termiz davlat universiteti rektorlari Karlovo universiteti kutubxonasi bilan batafsil tanishib chiqishdi. 

So‘ngra Karlova universiteti Arxeologiya ilmiy tekshirish markazi direktori bilan uchrashib, markazda amalga oshirilgan ishlar, ilmiy natijalar  bilan o‘rtoqlashildi. 

Qarshi davlat universiteti, Termiz davlat universiteti va Karlovo universiteti mutaxassis olimlari va tadqiqotchilari  hamkorligida Yerqo‘rg‘on tarixiy arxeologik majmuasi, Nasaf (Naxshab) qadimiy manzilgohi, Surxon-Sherobod vohasi arxeologik yodgorliklarini    o‘rganish, tadqiqotlar olib borish,  o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Manba: https://t.me/rektor_qarshidu/1051

 

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz