2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillari Daniyaning Kopengagen universitetida ERASMUS+ ICM loyihasi asosan ilmiy stajirovka o'tmoqda

472
Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillari Daniyaning Kopengagen universitetida ERASMUS+ ICM loyihasi asosan ilmiy stajirovka o'tmoqda

Joriy yilning 28-iyundan 13-iyuliga qadar Toshkent kimyo-texnologiya institutining  "Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi" fakulteti dekani Umid Kuychiyevich Abdullayev, “Enologiya va umumiy ovqatlanish texnologiyasi” kafedrasi mudiri Akmal Xotamovich Boboyev, “Oziq ovqat maxsulotlar texnologiyasi” kafedrasi doktoranti Sarvar Faxreddinovich Xodjaev Daniyaning Kopengagen universitetida ERASMUS+ Kredit Mobillik Loyihasiga asosan ilmiy stajirovka o'tmoqda.

Stajirovka davomida Kopengagen universitetining ilmiy laboratoriyalari bilan tanishish va eksperimental ishlarni rejalashtirish,  biokatalitik asosda ishlab chilgan vino materiallarni va vinolarni molekulyar tarkibi bo‘yicha namunalarini tahlil qilish uchun uslubiy ish jarayonini ishlab chiqish, vino materiallar va vino namunalarini GC-MS/MS va LC- MS/MS uskunalarida tarkibini, vitaminlar miqdorini hamda vinolarninig antioksidlovchi faolligi va potensialini aniqlash reja etilgan.

Hamda Daniyaning Kopengagen universitetining «Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi» yo'nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan etuk mutaxassislar bilan birgalikda maqsadli grantlarini olish bo‘yicha loyiha tayyorlash muhokama etiladi. 

Kоpengagen universiteti bilan birgalikda amalga oshirilayotgan  ECAMPUZ Erasmus+ loyihasida ishtirok etuvchi professorlari bilan O’zbekistonda bo’ladigan CAMP1 ni amalga oshirish tadbirlarini muhokama qilish  va xalqaro ilmiy grantlarida ishtirok etish bo’yicha takliflarni o’rganish ham reja qilingan.

 

Manba: https://t.me/tktiuz/19629

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz