Yangiliklar
ERASMUS+ CBHE INMACOM loyihasining navbatdagi uchrashuvi Ghent Universitetida o'tkazilmoqda
405
Yevropa ittifoqining ERASMUS+ INMACOM loyihasining navbatdagi uchrashuvi Ghent Universitetida o'tkazilmoqda.
Joriy yilning 22-27-may kunlari loyiha ishtirokchilari navbatdagi muhokama uchrashuvini hamda seminar-treninglar o'tkazishadi, bunda Belgiya davlatining Gent universiteti va Brussel Vrije universitetlari mezbonlik qilmoqda.
Unda loyihaning 11 ta a’zosi, jumladan Yevropaning 3 ta: Ghent Universiteti, Vrije Universiteti, Turin Politexnika Universiteti, O‘zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Uzbektelekom va Mir Solar korxonalarining vakillari ishtirok etmoqda.