Yangiliklar
Erasmus+ Mobillik dasturi: TDIU professor-o‘qituvchilari Chexiyaning Liberets texnika universitetida
Hozirda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (TDIU) bir guruh professor o‘qituvchilari va xodimlari hozirda Chexiya Respublikasining Liberets texnika universitetida o‘qituvchi va xodimlar almashinuvi dasturida qatnashayotganini maʼlum qilamiz. Bu dastur Erasmus+ Mobillik tashabbusining bir qismi bo‘lib, bilim almashinuvini rivojlantirish va akademik boshqaruvni yaxshilashga qaratilgan.
TDIU delegatsiyasi prorektor Mansur Eshov, Biznes boshqaruvi va logistika kafedrasidan professor Kucharov Abrorjon, Raqamli iqtisodiyot va IT kafedrasi dotsenti Azizjon Bobojonov, Iqtisodiyot fakulteti dekani Lochinbek Amirov va bosh hisobchimiz Zohid Hakimovlardan tarkib topgan.
Erasmus+ Mobillik dasturi akademik xodimlarga mezbon muassasadagi hamkasblari bilan bilim va g‘oyalar almashish orqali o‘z malakalarini kengaytirish va joriy tajribalarini mustahkamlash imkonini berish uchun mo‘ljallangan. Ushbu tashabbus yangi xalqaro va universitetlararo hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi hamda mavjud aloqalarimizni mustahkamlashiga xizmat qiladi.
Hamkorlikning asosiy maqsadi TDIUda taʼlim va boshqaruv sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hisoblanadi. Dastur Yevropa Ittifoqi (EI) universitetlarida mavjud bo‘lgan ilg‘or o‘qitish uslublari va ilg‘or texnologiyalardan kelib chiqib, TDIUda innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etishni maqsad qilgan.
Liberets Texnik Universiteti (TUL) Chexiya Respublikasining Liberets shahrida joylashgan nufuzli muassasa bo‘lib, U 1953-yilda tashkil etilgan. Universitet keng ko‘lamli ilmiy va texnik fanlar bo‘yicha yuqori sifatli taʼlim berish bo‘yicha uzoq yillik anʼanaga ega(QS kuchli 1000 talik ro‘yxatiga kirgan).
Universitet intensiv tadqiqot faoliyati va sanoat bilan yaqin hamkorligi bilan mashhur bo‘lib, bu ko‘p talabalar va zamonaviy tadqiqot muassasalari uchun amaliy tajribaga maydoniga aylanib bormoqda. Xalqaro hamkorlik ham TUL profilining asosiy jihati bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab universitetlar va tashkilotlar bilan keng hamkorlik qiladi.