Yangiliklar
Erasmus+ Haftaligi - 2023 | 6-10 May
2023 yil 6 may kuni Toshkentdagi Botanika bog’ida “Yevropa kuni”ni nishonlash uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning Festivali bo’lib o’tdi.
Festivalda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning Markaziy Osiyoda, jumladan Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishi va barqarorlik, O‘zbekistonda gender tenglik va ayollar huquqlarini ilgarilatish uchun fuqarolik jamiyati, hamjamiyatlar va hokimiyat organlari qadriyatlarining mustahkamlanishi, qattiq chiqindilarni qayta ishlash tizimlarining rivojlanishi, Erasmus+ ta'lim dasturlari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar taqdim etildi.
«O‘zbekistonda Yevropa kunini tashkil qilish biz uchun juda muhim. Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston bilan bir qancha ishlarni amalga oshiryapti. Bizning dasturlarimiz xilma-xil va ularning hammasi O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
«2023 yil Yevropa ko‘nikmalar yili deb e'lon qilingani sababli, men bugun odamlar bizning loyihalarimizga qiziqish bildirayotganlaridan juda mamnunman. YeI tomonidan O‘zbekistonda moliyalashtirilayotgan dasturlar ichida ayollarga, yoshlarga va chekka hududlar aholisiga ta'lim olish imkoniga ega bo‘lishda yordam beradigan dasturlar bor. Bu loyihalar O‘zbekiston aholisiga ularning yanada kamol topishiga xizmat qiluvchi yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari uchun ko‘proq imkoniyatlar taqdim etadi», - dedi Yevropa Ittifoqi delegasiyasi rahbari, Elchi Sharlotta Adrian.
Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish” yo’nalishidagi 12dan ortiq loyihalar o’z taqdimotlari va materiallari bilan ishtirok etishdi. Festivalda loiyhalar haqidagi ma’lumotlar va natijalari qiziqish bildirgan ishtirokchilarga taqdim etildi. Loyihalar vakillari ham Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan boshqa loyihalar jamoalari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo’lishdi va kelajakda loyihalar tadbirlariga taklif qilish va loyihalararo sinergiya qilish masalalari muhokama qilindi.
8 may 2023 yil
NEO Instagram sahifasida Erasmus+ Haftaligi boshlanishiga oid to’gr’idan-to’g’ri efir bo’lib o’tdi. Haftalik davomidagi tadbirlar haqida ma’lumot va oliy ta’lim muassasalarda tehsil olayotgan talabalar uchun Erasmus+ mobilligi bo’yicha hamda magistraturada Yevropa universitetlrida o’qish uchun grant dasturi haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Erasmus Mundus Joint Masters grant dasturi doirasida bugungi kunda tahsil olayotgan talabamiz Evgeniy Matveev bilan intervuy bo’lib o’tdi. Evgeniy Matveev tomonidan dasturga hujjat tayyorlash va topshirish, visa masalalari, ta’lim jarayoni haqida ma’lumotlar berib o’tildi. Intervuy video-yozuvi bilan NEO YouTube kanali orqali ko’rishingiz mumkin https://youtu.be/MLAhwcfwxXE
10 may 2023 yil
Toshkentdagi Adju universitetining administrativ va akademik vakillari uchun Erasmus+ dasturining imkoniyatlari: dasturning milliy ustuvor yo’nalishlari, institutsional hamkorlik loyihalari, mobillik imkoniyatlari, hamkor izlash, dastur portal va boshqa ma’lumotlar taqdim etildi.
Andijon oliy ta’lim mussasalari bilna hamkorlikda Erasmus+ “Oliy ta’lim salohiyatini oshirish-CBHE” va “Xalqaro kredit mobilligi-ICM” yo’nalishlari doirasida amalga oshirilgan va bugungi kunda davom etayotgan loyihalar komanda a’zolari bilan “Best practices of Erasmus+ projects in Andijan” onlayn sessiyasi o’tkazildi. Tadbirda Andijon mashinasozlik instituti, Andijon davlat universiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti vakillari ishtirok etishdi va Erasmus+ loyihalaridagi ishtiroki va tajribasi, oliy ta’lim muassasalarning rivojlanishiga qo’shayotgan hissasi, yangi ta’lim yonalishlarining tashkil etilayotganligi, xalqaro loyihalarda tajriba orttirilayotganligi, yangi hamkorlar bilan aloqalar o’rnatilayotganligi va shaxs sifatida rivojlanayotganligi va kelgusida olayotgan bilimlarini ish faoliyatida qo’llanilishi haqidagi fikrlar bo’lishildi.
Tadbirning video-yozuvini NEO YouTube kanali orqali ko’rishga taklif qilamiz: https://www.youtube.com/watch?v=w8jWQwLgH-U