2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

O‘zbekistonda bioresurslarni barqaror boshqarish uchun bioiqtisodiyot bilimlari, tadqiqotlari va ilg‘or tajribalari mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy forum bo‘lib o‘tadi

256
O‘zbekistonda bioresurslarni barqaror boshqarish uchun bioiqtisodiyot bilimlari, tadqiqotlari va ilg‘or tajribalari mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy forum bo‘lib o‘tadi

Qadrli hamkasblar!

Sizni 2023-yil 2-3-may kunlari Toshkent davlat agrar universitetida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekistonda bioiqtisodiyot boʻyicha ikkinchi xalqaro ilmiy-amaliy forumga taklif qilishdan mamnunmiz. (manzil: Toshkent viloyati, 100700, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi 2A)

Forum mavzusi - “O‘zbekistonda bioresurslarni barqaror boshqarish uchun bioiqtisodiyot bilimlari, tadqiqotlari va ilg‘or tajribalari”. Forum turli mamlakatlar va mintaqalar mutaxassislari uchun bioiqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish, tajriba va bilim almashish, yangi aloqalar o‘rnatish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Forumning asosiy e’tibori O‘zbekistonda bioresurslarni, jumladan, biomassani barqaror boshqarish masalalariga qaratilgan.

Forumda tegishli davlat muassasalari va tadbirkorlik sub’yektlari vakillari, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekistondan bioiqtisodiyot sohasidagi olimlar va ekspertlar keng qamrovli muloqot o‘tkazish va rivojlanishning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish uchun ishtirok etadi.

Forum Latviya Tabiiy fanlari va texnologiyalari universiteti rahbarligidagi “BioEcUz”konsorsiumi tomonidan “O‘zbekistonda bioiqtisodiyotni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi magistratura dasturi” loyihasi doirasida tashkil etiladi. Loyiha Yevropa IttifoqiningERASMUS+ dasturi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha faoliyati http://bioecuz.tdau.uz/saytida taqdim etilgan.

Biz barcha manfaatdor tomonlarni ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga va O‘zbekiston bioiqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shishga taklif qilamiz. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish havola orqali 25-aprelga qadar davom etadi.

Qo‘shimcha ma'lumot va ishtirok etish uchun elektron pochta orqali bog‘laning. Manzil  abduvasikov_aziz@mail.ru,  umid.nazarkulov@gmail.comfiruzaza@gmail.com.

 

Eng yaxshi tilaklar bilan,

O‘zbekistonda bioiqtisodiyot bo‘yicha ikkinchi xalqaro ilmiy-amaliy forumning tashkiliy qo‘mitasi

 

Manba: https://tdau.uz/site/post?s=ozbekistonda-bioresurslarni-barqaror-boshqarish-uchun-bioiqtisodiyot-bilimlari-tadqiqotlari-va-ilgor-tajribalari-mavzusida-xalqaro-ilmiy-amaliy-forum-bolib-otadi

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz