Yangiliklar
DARYA loyihasi bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi
Joriy yilling 12 aprel kuni Yevropa Taʼlim Jamgʻarmasining (ETF) Inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha katta eksperti, Yevropa Ittifoqining (EU) yoshlar uchun taʼlim va oʻqitishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Markaziy Osiyoda eng yirik loyihasi koordinatori Kristin Xemshemyer xonim bilan muhokama uchrashuvi tashkil etildi.
4 nafar Oliy ta’lim islohotlari Milliy ekspertlar guruhi a’zolari Dr.Asiya Tureniyozova (TATU Nukus filiali AT boʻlimi mudiri), Dr. Zumrad Usmonova (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Marketing kafedrasi dotsenti), Dr.Nozliya Normurodova (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti), Dr. Habibullo Nosirov (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti fakultet dekani) DARYA loyihasi maqsadlari doirasida ta’limda Axborot texnologiyalari ko’nikmalarini qo’llash, bandlik, mehnat bozori siyosati, malaka va sifat kafolati kabi masalarda xalqaro ekspert bilan fikr almashdi
Eslatma: “DARYA” Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi yoshlarni inklyuzivlik va mehnat bozori ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali qo‘llab-quvvatlovchi birinchi mintaqaviy loyihasi. Ushbu besh yillik (2022–27) loyiha shartnomasi 2022yil iyun oyida imzolangan bo’lib, ETF tomonidan amalga oshiriladi.