Yangiliklar
TDIUda yangi Jean Monnet loyihasi
2022 yil 1 noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (TDIU) “Erasmus Centre of Excellence in Sustainable Business and Finance” Jean Monnet loyihasining ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Erasmus Centre of Excellence in Sustainable Business and Finance” loyihasi moliya va raqamli transformatsiya siyosati sohasida barqaror rivojlanish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat.
Markazning maqsadi Yevropa amaliyotini mahalliy sharoitga moslashtirish va keng jamiyatga yetkazish. Loyihaga bir nechta mahalliy manfaatdor tomonlar jalb qilish orqali amalga oshiriladi:
- Hukumat tashkilotlari, moliya sektori vakillari va nodavlat notijorat tashkilotlari ko‘magida barqarorlik va raqamlashtirish sohalarida faoliyat olib borish;
- Yevropa universitetlaridagi hamkasblar, Jean Monnetning boshqa loyihalar benefitsiarlari, mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda butun mamlakat bo‘ylab TDIU, boshqa OTM va kasb-hunar ta’limi muassasalari talabalari uchun ilg‘or, shuningdek, kirish kurslarini ishlab chiqish va joriy qilish;
- Maktablar o‘qituvchilari bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari uchun qisqa kurslar tashkil qilish va o‘qish;
- Yuqorida qayd etilgan tadbirlarda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar bilan birgalikda o'z tadqiqoti va tajribalari natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish.
Asosiy benefitsiarlar bu siyosatchilar, tijorat banklari, TDIU va boshqa bir qator oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat va magistratura talabalari va o‘qituvchilari, TDIU va undan tashqarida kasb-hunar ta’limi dasturlariga jalb qilingan mutaxassislar, maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari, shuningdek, tadqiqotchilar, amaliyotchilar va loyiha qiziqish bildirgan barcha ishtirok etishi mumkin.