2015-2020 yillar sayti

Yangiliklar

ESGCA: Markaziy Osiyoda ekologiya, jamiyat va boshqaruvni uyg‘unlashtirish sari

58
ESGCA: Markaziy Osiyoda ekologiya, jamiyat va boshqaruvni uyg‘unlashtirish sari

Erasmus+ ESGCA loyihasi (https://erasmus-plus.ec.europa.eu/projects/search/details/101128738) (01.12.2024 – 30.11.2027) Markaziy Osiyoning 5 davlatida atrof-muhit, ijtimoiy ehtiyojlar va samarali boshqaruvni uyg‘unlashtirishga qaratilgan bo'lib, ushbu loyiha ekologik va ijtimoiy muammolarni ilg‘or boshqaruv bilan uyg‘unlashtirgan holda, barqaror taraqqiyot, innovatsiyalar va yangi siyosatlar ishlab chiqilishiga turtki beradi.

Asosiy maqsadlar:

  • 5 davlatdagi 10 OTMda 2 yillik ESG (Environmental, Social, Governance) magistratura dasturini joriy etish

  • Oliy ta’lim, davlat boshqaruvi va biznes o‘rtasida uzviy hamkorlik platformasini yaratish

  • Yashil ish o‘rinlari yaratish va zamonaviy mehnat bozoriga mos mutaxassislarni tayyorlash

  • 72 nafar o‘qituvchi va 100 nafar onlayn ishtirokchini qamrab oluvchi ko‘paytiruvchi ta’sirga ega treninglar o‘tkazish

  • Akademiklar, tadbirkorlar va davlat xizmatchilari o‘rtasida xalqaro tarmoq shakllantirish

O‘zbekistondagi hamkor tashkilotlar:

  • Buxoro Davlat Universiteti

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi

EU granti: €799,942 yevro
Loyihaning rasmiy vebsayti: https://esgca-erasmus.com/en

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz