Yangiliklar
Renessans Universitetida Erasmus+ axborot sessiyasi bo‘lib o‘tdi
20-avgust kuni O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi hamda Renessans Universiteti hamkorligida Erasmus+ dasturiga bag‘ishlangan axborot sessiyasi tashkil etildi. Gibrid formatda o‘tkazilgan tadbirda universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etib, Erasmus+ dasturining xalqaro ta’lim, akademik mobillik va loyihaviy hamkorlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Sessiya davomida O‘zbekiston uchun mavjud asosiy Erasmus+ imkoniyatlari:
- Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE)
- Xalqaro kredit mobilligi (ICM)
- Jean Monnet Actions (JMA)
- Erasmus Mundus qo‘shma magistrlik dasturlari (EMJM)
- Erasmus Mundus Design Measures (EMDM)
Hamda
- Marie Skłodowska-Curie Actions va Horizon Europe haqida ma’lumot berildi.

Tadbir Renaissance University rektori Bekzod Rozimov hamda O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi loyiha menejeri Mahmudjon O‘tkurovning tabrik va kirish so‘zlari bilan boshlandi. Asosiy sessiyada O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi loyiha menejeri Xumora Yunusxo‘jayeva ishtirokchilarga Erasmus+ imkoniyatlari, ishtirok etish talablari va ariza topshirish jarayonlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, Study in Europe imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Sessiyaning muhim qismlaridan biri yaxshi Erasmus+ loyiha taklifini ishlab chiqish mavzusiga bag‘ishlandi. University of Innovation Technologies prorektori, professor Jahongir G‘afurov Erasmus+ loyihalarini tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib, REILEAP va Text4Future loyihalari hamda Erasmus+ 2026 tanlovidagi yangi FOOD4FUTURE va GREENTEX loyihalari misolida ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.

Erasmus+ning yangi imkoniyatlari va tadbirlaridan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!