Yangiliklar
ERASMUS+ AXBOROT VA METODOLOGIK SEMINAR
Oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari hamda Erasmus+ imkoniyatlariga qiziqqan barcha uchun O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ ofisi va Termiz Davlat Universiteti bilan hamkorlikda Erasmus+ axborot va metodik seminar tashkil etilmoqda.
Manzil: Termiz Davlat Universiteti
Sana: 2026-yil 1-aprel
Vaqt: 09:30
Ishchi tillar: O‘zbek va ingliz tillari
Seminar davomida:
-
Erasmus+ dasturi doirasida jismoniy shaxslar uchun imkoniyatlar
-
Tashkilotlar uchun grant yo‘nalishlari
-
Loyiha tayyorlash bo‘yicha metodik tavsiyalar va ma'lumotlar beriladi
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Havola: https://forms.gle/QHLwCyxxFsBdBRRt5
Ro‘yxatdan o‘tishga so‘nggi muddat: 25-mart, 2026
Shuningdek, seminardan oldin quyidagi sahifalar bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi:
Jismoniy shaxslar uchun imkoniyatlar:
https://erasmus-plus.ec.europa.eu/opportunities/opportunities-for-individuals
Tashkilotlar uchun imkoniyatlar:
https://erasmus-plus.ec.europa.eu/opportunities/opportunities-for-organisations
Erasmus+ imkoniyatlaridan xabardor bo‘ling va xalqaro hamkorlik sari dadil qadam qo‘ying.