News
Tanlov: Ekspertlar milliy guruhiga a’zo bo’lish
Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining joriy bosqichi doirasida oliy taʼlim muassasalari uchun qoʻshma loyihalarni moliyalashtirishdan tashqari, hamkor-davlatlardagi Ta'lim vazirliklarining bevosita nazorati va ishtirokida oliy taʼlim bo’yicha Ekspertlar milliy guruhining faoliyatini amalga oshirishda koʻmaklashish koʻzda tutilgan.
Ushbu tashabbus hamkor-davlatlar vazirliklari bilan muloqotni kuchaytirish, shuningdek, oliy taʼlimni modernizatsiya qilishning umumiy masalalarida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Boloniya jarayoni ekspertlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yevropa tajribasiga asoslanadi. Ekspertlar milliy guruhining asosiy vazifalari Boloniya jarayoni boʻyicha maslahatlar berish va bilimlarni tarqatish, shuningdek, respublika oliy ta’lim tizimini ishloh qilishda davlat siyosati va milliy strategiyaga asoslangan holda oliy ta’limni rivojlanishdagi dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajribalarni targʻib qilishda koʻmaklashishga qaratilgan.
O‘zbekistondagi Ekspertlar milliy guruhi Tempus dasturi doirasida 2009 yilda tashkil etilgan bo’lib hozirgi kunga qadar o’z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Ayni paytda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi bilan hamkorlikda Ekspertlar milliy guruhiga yangi a’zolarni jalb qilish ishlari olib borilmoqda.
Ekspertlar milliy guruhi a’zolari Yevropa Ittifoqida tashkil etiladigan trening va o’quv seminarlarda ishtirok etish va boshqa davlatlardagi hamkasblari bilan hamkorlik olib borish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shuningdek, Erasmus+ loyihalarining (davra suhbatlari, axborot kunlari, hududlardagi seminarlar, loyihalar bo‘yicha tashkiliy yig‘ilishlar va yakuniy konferensiyalar) ishtirokchilari, professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun tashkil etiladigan tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taklif etilgan mavzular bo‘yicha Yevropa professorlari ishtirokida tematik (TAM) seminarlar tashkil etishda milliy ekspertlar bevosita ishtirok etdi.
Shu qatorda, ekspertlar milliy guruhi 9 yil davomida “Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari” nomli ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plamini nashr etib kelmoqda. Barcha to‘plamlarning elektron versiyalari www.erasmus.uz web-saytida joylashtirilgan.
Ekspertlikga nomzodlar quyidagi kriteriaylarga javob berishi lozim:
1. Yuqori darajada ingliz tilini bilishi;
2. Xalqaro tajribaga ega bo’lishi;
3. Yevropa oliy ta’lim jarayonini yaxshi bilishi.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni 23 noyabrga qadar neo@erasmusplus.uz / xab@edu.uz elektron pochtalariga yuborishi lozim:
1. Ingliz tilida Europass formatidagi rezyume (CV);
2. Ingliz tilida motivatsion xat.
Tanlov jarayonida texnik ko’rsatmalarda belgilangan mezonlarga muvofiqligi, oliy ta’lim tizimini isloh qilish bilan bog‘liq tadbirlarda faol va manfaatdor bo‘lish hamda viloyatlarda axborot tadbirlarini o‘tkazish; gender va yosh balansi, shuningdek ekspert mutaxassisligining muvofiqligi inobatga olinadi.