News
O'zbekistondagi ERASMUS+ milliy ofisi vakillari O'zMUda
2-noyabr kuni O'zbekistondagi ERASMUS+ milliy ofisi vakillari O'zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda, O'zMU xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor Raima Shirinova hamda bo'lim xodimlari, shuningdek, ERASMUS+ milliy ofisi koordinatori Aziza Abdurahmonova va ofis xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida, joriy yil 17-noyabr kuni O'zMUda bo'lib o'tadigan "ERASMUS+ information day" xalqaro konferensiyasi tashkiliy masalalari borasida fikr almashishildi.
Anjumanda, ERASMUS+ xalqaro dasturining yangi loyihalari va ushbu dasturlarga hujjat topshirish kabi bir qator mavzular ko'rib chiqiladi.
Ushbu konferensiyada, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Charlotte Adriaen, (DG EAC) Yevropa Ittifoqi Komissiyasining ta'lim, yoshlar, sport va madaniyat bo'yicha siyosati bo'yicha ma'sul bosh direktorlar, Belgiyaning Catholique de Louvain universiteti professor-o'qituvchilari hamda Respublikamizning bir qator oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ta'kidlash joizki, bu kabi xalqaro loyihalar, xorijning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik o'rnatish hamda talabalar akademik mobilligi, professor-o'qituvchilar hamda xodimlarning xorijda ma'ruza o'qishlari va malaka oshirishlari uchun imkon yaratib beradi. Shuningdek, bu dasturlar moliyaviy qo'llab-quvvatlaydi.