Website of 2015-2020

News

QarDU rektorining Janubiy Chexiya universitetiga safari davom etmoqda

331
QarDU rektorining Janubiy Chexiya universitetiga safari davom etmoqda

Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyevning Yevropa Ittifoqining  Erasmus+ dasturi Kredit mobilligi (Credit Mobility) xalqaro loyihasi doirasida Janubiy Chexiya universitetiga safari davom etmoqda. Bugun Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyev va Chexiya Respublikasining Janubiy Chexiya universiteti rektori, professor Bogumil Yiroushek (Bohumil Jiroušek) o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida aspirantura va doktorantura sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlarni ilmiy stajirovkalarga yuborish, talabalar almashinuvi va qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni kuchaytirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Qarshi davlat universiteti va Janubiy Chexiya universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Manba: https://t.me/qarduuz/16699

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Our partners