Website of 2015-2020

News

19-23 iyun kunlari Erasmus+ ICM loyihasi doirasida dars berish va о‘quv-trening kursda ishtirok etish uchun TKTI vakillari Ispaniyaning Cantabria universitetiga tashrif buyurdilar

305
19-23 iyun kunlari Erasmus+ ICM loyihasi doirasida dars berish va о‘quv-trening kursda ishtirok etish uchun TKTI vakillari Ispaniyaning Cantabria universitetiga tashrif buyurdilar

Xalqaro haftalikni Cantabria universiteti Rektori Professor Ángel Pazos Carro kirish so’zi bilan ochib berdi. Ochiq muloqot tarzida o’tgan uchrashuvda institutimiz vakillari Professor Ángel Pazos Carro bilan ikki OTM o’rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, istiqboldagi rejalar haqida suhbat olib bordilar. Shuningdek, Akademik mobillik asosida ikki OTM tomonidan bugungi kunga qadar o’nlab professorlar hamda talabalar almashinuvi muvaffaqiyatli amalga oshirilgani hamda TKTIning ikki nafar tayanch doktorantlari bugungi kunda “Cotutelle” asosida bir vaqtning o’zida Cantabria universitetining PhD talabalari ekanligi alohida e’tirof etildi.

Kunning ikkinchi yarmida  B.N.Boborajabov Cantabria universiteti “Kimyoviy va biomolekulyar muhandislik” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda PhD talabalariga “Content and creation of technology for modifying bitumen and obtaining compositions on their basis for road surfaces” mavzusida seminar mashg’ulotlarini o’tib berdi. B.N.Boborajabov rahbarligida o’tgan seminar talabalar hamda kafedra vakillari o’rtasida interaktiv muloqot hamda savol-javob shaklida o’tkazildi. Unda ikki davlat asfalt ishlab chiqarish texnologiyalari, qo’llanilayotgan asfaltni keskin ob-havo sharoitlariga chidamliligi bunda dunyoning yetakchi davlatlari, xususan Xitoy Respublikasi tajribasiga to'xtalib o'tildi.

 

Manba: https://t.me/tktiuz/19680

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Our partners