News
Universitetning Tempus va Erasmus+ loyihalari ishtirokchilari bilan uchrashuv o'tkazildi
314
Yevropa Komissiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Bosh Direktorati (DG INTPA) stajyori Sara Jordan Torpshe boshchiligida Yevrokomissiyasining bir qator stajyorlari 16-iyun kuni Buxoro davlat universitetida bo'lib, universitetning Tempus va Erasmus+ loyihalari ishtirokchilari bilan uchrashuv o'tkazishdi.
Uchrashuv davra suhbati shaklida bo'lib, unda Buxoro viloyatidagi OTMlar vakillari ishtirok etishdi hamda OTMlarda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalarning ahamiyati va ijrosi yuzasidan taqdimotlarni namoyish qilishdi. Shuningdek, istiqboldagi hamkorlik munosabatlari va boshqa yo'nalishdagi o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Manba: https://t.me/buxdu_uz/32822