News
Erasmus+ dasturi CBHE doirasidagi REILEAP loyihasining navbatdagi seminar-treningi Gretsiyaning Krit Texnika Universitetida bo’lib o’tmoqda
Erasmus+ dasturi CBHE doirasidagi REILEAP “O‘zbekiston-Qozog‘istonda charm va charm buyumlari ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirish” mavzusidagi loyihasining navbatdagi seminar-treningi Gretsiyaning Krit Texnika Universitetida bo’lib o’tmoqda.
Mazkur treningda Toshkent to‘qimachiik va yengil sanoat instituti, Jizzax politexnika instituti va hamkor qo‘shni davlatdan bir qator vakillari va talabalari ishtirok etishmoqda.
Ushbu trening poyabzal va charm buyumlarni ishlab chiqarishda zamonaviy Additive tehnologiyalarga va “Barqaror rivojlanish” mavzulariga bagʼishlangan boʼlib, unda 3D scanerlar va 3D printerlarnng texnologiyalari, shunindek poyabzal sanoatining atrof-muhitga keltiradigan zararlari, ekologik muammolar va ularning yechimlari, “Yashil poyabzal” ishlab chiqarish imkoniyatlari, bugungi kunda dunyo miqyosida poyabzal kompaniyalarining iqtisodiy barqarorligini tashkil etuvchi sifat va samaradorlik koʼrsatkichlari yoritilgan.