News
Fransiyaning Poitiers universiteti bilan akademik mobillik yo’nalishlari kengaymoqda
Bugun iqtisodiyot fakultetining ingliz tilidan til bilish sertifikatiga ega (IELTS 6-7-8) yuqori kurs talabalari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Oldin xabar berganimizdek, 2023-2026 yillar uchun Fransiyaning Poitiers universiteti bilan ERASMUS akademik mobillik granti qoʼlga kiritildi. Ilgari mazkur dastur faqatgina fransuz tilini o’rganadigan talabalarga yo’naltirilgan edi, bugunga kelib esa matematika va iqtisodiyot yo’nalishi talabalari ham bu imkoniyatga ega bo’ldilar.
Mazkur grant doirasida Oʼzbekiston Milliy universiteti matematika, iqtisodiyot hamda filologiya yo’nalishlari talabalari 2023-oʼquv yilida Fransiyaning Poitiers universitetida akademik mobillik dasturi doirasida oʼqishga yuboriladilar.
Ushbu uchrashuvda talabalarning hujjatlarini shakllantirish, motivatsion xat, CV, mazkur loyihadan kutilayotgan natijalar, hujjatlarni shakllantirish, fanlar toʼgʼrisida maʼlumot berildi.
Loyihadan tanlab olingan talabalar hujjatlari Fransiyaning Poitiers universitetiga yuboriladi va munosib nomzodlar tanlab olinadi.