Website of 2015-2020

News

Jizzaxda Erasmus+ axborot va targʻibot seminari

918
Jizzaxda Erasmus+ axborot va targʻibot seminari

15 noyabr kuni barcha Jizzakh oliy taʼlim muassasasalari vakillari uchun «Erasmus+ axborot va targʻibot seminari» O’zbekiston milliy universitetining Jizzaxdagi filialida boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining respublika boʻyicha oliy taʼlim muassasalari ishtirok eta olishi mumkin boʻlgan “imkoniyatlar”ning har biri bo’yicha maʼlumotlar hamda 2023 - yangi tanlov, ustuvor yo’nalishlar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, “Oliy taʼlim salohiyatini oshirish - CBHE” yoʻnalishi bo’yicha amalga oshirilayotgan loyihalar a’zolari tomonidan taqdimotlar taqdim etildi va savollarga javob berildi:

1. TRIGGER: Triggering innovative approaches, entrepreneurial skills and attitudes in HEI learners through creating the favourable conditions for graduate’s employability in Central Asia

2. REILEAP: Reinforcing capacities of HEIs for leather and leather products in Uzbekistan-Kazakhstan

Seminarda Temur Berdiyorov, Ilhom Abazovlar yuqoroda keltirilgan loyihalar doirasida qilinayotgan ishlar, jumladan o’quv dasturlarni takomillashtirish, korxona/tashkilotlatr bilan hamkorlikda bitiruchi talabalarni ishga joylashtirish, charm sanoati bo’yicha jihozlar olish va talabalar ishtirokda ulardan foydalanish, uchrashuv va tadbirlarning dolzarbligi hamda loyihalar natijalari bilan tanishish imkoniyati mavjud bo’ldi.

 

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Our partners