2015-2020 yillar sayti

Call for papers : PERSPECTIVES OF HIGHER EDUCATION DEVELOPMENT

Jurnal konsepsiyasi va maqola talablari

 

(Mualliflarga ma'lumot)

 

 

ОLIY TA’LIM TARAQQIYOTI ISTIQBOLLARI

 

Ilmiy-uslubiy jurnal 

 

Jurnalning maqsadi: oliy ta’lim sohasidagi progressiv usullar, yutuqlar, tendensiyalar vamuammolarni tahlil qilish va ma’lumot berish orqali oʻquv jarayonining samaradorliginioshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bo’yicha ekspertlar Milliy guruhining

(Erasmus+ Higher Education Reform Experts-HEREs) Ilmiy - uslubiy jurnali

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi OliyAttestatsiya Komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy jurnallar roʻyxatigakiritilgan.

 JURNAL RUBRIKALARI (MAVZULARI)

 Oliy ta’lim tizimi oldidagi zamonaviy muammolar (islohotlar jarayonida, pandemiyadavrida va boshqa nostandart sharoitlarda ta’limning rivojlanishi);
 Oliy ta’limda kredit-modul tizimi (tushunchalar, kredit-modul tizimiga oʻtishdaqoʻyiladigan talablar, kredit-modul tizimi sharoitida moliyaviy boshqaruv, oʻquvdasturlari, oʻqituvchilar va talabalarning harakatchanligi, xorijiy tajribani tahlil qilish, kredit-modul tizimining ijobiy va salbiy tomonlari, va boshqalar); 
 Oliy ta’lim muassasalarining avtonomiyasi (iqtisodiy, tashkiliy, texnik jihatlari, yetakchidavlatlar va Oʻzbekiston tajribasi, va boshqalar);
 Oliy ta’limda innovatsion usul va vositalar (xorijiy mamlakatlar, Oʻzbekistonuniversitetlari tajribasi, oʻqitish va dars berishning ilgʻor usullari, oʻquv jarayonini tashkiletish va oliy oʻquv yurtlarini boshqarish, oliy ta’limni innovatsion rivojlantirish uchunAKTdan foydalanish, ta’lim platformalari);
 Oliy ta’limda kasbiy malakani oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash (ilgʻor malakaoshirish dasturlari, tajribasi, usullari va vositalari);     
 Erasmus+ dasturi (Oʻzbekiston Oliy ta’limida innovatsion usullarni qoʻllab - quvvatlashdagi dasturiy maqsadlar, Erasmus+ ning Oʻzbekiston va xorijda muvaffaqiyatliamalga oshirilgan loyihalar tajribalari, HEREs guruhi a’zolarining xalqaro seminarlardaqatnashish natijalari haqidagi hisobotlari, Bolonya jarayonining tamoyillariniOʻzbekistonda joriy etish va boshqalar);
 Oliy ta’limga sarmoya kiritish muammolari va istiqbollari (Oliy ta’limga sarmoyakiritish mezonlari, xorijiy mamlakatlar va Oʻzbekiston universitetlari tajribasi, moliyaviymenejment, investitsiyalar samaradorligi, oliy oʻquv yurtlarida moddiy va insonresurslaridan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar).

 

MAQOLALARNI RASMIYLASHTIRISH TALABLARI

Jurnal Respublikada oliy ta’limni rivojlantirish borasida yetakchi xalqaro ilmiy jurnallarqatorida boʻlishga da’vogar hisoblanadi. Kelgusida uning nashriy davriyligi va tirajioshirilishi va Scopus hamda Web of Science analitik tizimlari roʻyxatiga kiritilishirejalashtirilgan. 

O’z navbatida jurnal maqolalariga qoʻyiladigan talablar ilmiy maqolalarni rasmiylashtirish boʻyicha xalqaro standartlarga moslashtirilgan. Natijada maqolalarga taqriz olish vabaholash yanada yuqori saviyada va xolisona boʻladi. Barcha mualliflardan nashrgaformati va mazmuni jihatidan xalqaro standartlarga javob beradigan ilmiy maqolalarnitaqdim etishlari soʻrab qolinadi. 

 

1.      MAQOLA TUZILISHIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR.

Tuzilishiga koʻra, maqolalar jurnalning bir yoki bir nechta yoʻnalishlarini ochib berishi va asosiy mavzuga mos kelishi, boshqa nashrlarda chop etilmaganligi, tahliliy boʻlishi, ilmiy yangilik elementlarini oʻz ichiga olishi va oliy ta’limni rivojlantirish uchun foydali ma’lumotlarga ega boʻlishi kerak. Maqolalarni xalqaro talabilarga binoan rasmiylashtirishtavsiya etiladi - IMRaD (Introduction - Kirish, Methods - Usullar, Results - Natijalar, Discussion — Muhokama) http://science-insight.com/analitika/imrad

 

 2.      MAQOLALARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR: 

Ilmiy ishning maqola matni tilidagi nomi

Muallifning to’liq ismi-sharifi

[Times new roman 14pt, quyuq shriftlarda, tekislanish - o’rtada, bosh harflar bilan]

Annotatsiya. Annotatsiya mustaqil matn bo'lishi kerak, bir paragrafda, asl tilda - 500-600 belgidan (taxminan 100 so'zdan) iborat bo'lishi kerak. Annotatsiyada muammoning qisqachatavsifi va tadqiqotning yangiligi keltiriladi. Bu maqolaning qisqa ma'lumotli xulosasi bo’ladi. Annotatsiya quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: tadqiqot maqsadi, ishning ko'rinishi, qo'llaniladigan asosiy usullar, tadqiqotning asosiy natijalarining qisqacha tavsifi. Annotatsiyasarlavhasida maxsus belgilar, yoki matematik belgilardan foydalanmang. Izoh shrifti Times New Roman, harf o'lchami 12 pt.

Annotatsiya butun tadqiqot mavzusiga emas, balki maqolaga, tadqiqotda qilingan ishlargabag'ishlangan bo'ladi. Shuningdek asosiy mavzuning tavsifi, ob'ekt muammolari, maqsadlari, asosiy usullari, tadqiqot natijalari va asosiy xulosalarni o'z ichiga oladi. Annotatsiyabibliografiyalar formulalar, qisqartmalar, linklardan foydalanishga ruxsat bermaydi.

Kalit so'zlar: ingliz tilidagi kalit so'zlar yoki iboralar ro'yxati alifbo tartibida (6-7 so'z yokiibora)

Diqqat!

Agar maqola oʻzbek yoki rus tillarida boʻlsa, annotatsiyani xuddi shu qoidalarga muvofiq ingliztilida shakllantiriladi.

Agar maqola ingliz tilida yozilgan bo'lsa, boshqa tillarda annotatsiya talab qilinmaydi.

Maqolalar quyidagi elektron manzilda qabul qilinadi: heresbook@erasmusplus.uz

Maqolalarni topshirish muddati – 15 mart 2023 yil.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.

Adabiyotlar roʻyxatiga qoʻyiladigan talablar

Adabiyotlar roʻyxati alifbo tartibida, uzluksiz raqamlash bilan keltiriladi. Roʻyxatdagimanbalar matndagi kvadrat qavs ichidagi havolalarda beriladi, masalan, [12]. Adabiyotlarroʻyxati kamida 10 ta manbadan iborat boʻlishi kerak. Maqolaning matnida roʻyxatningbarcha pozitsiyalariga havola qilinishi kerak va aksincha - havola qilingan adabiyotlarroʻyxatida koʻrsatilishi kerak. Havolalar berilganda bibliografik tavsifning tegishlistandartlariga rioya qilinadi (masalan, GOST 7.1-2003 va boshqalar).

3.       «MUALLIFLAR HAQIDA MA’LUMOT» (INGLIZ TILIDA) 

·        Ismi-sharifi (toʻliq)

·        Lavozimi va ish joyi 

·        Shahar, mamlakat*; 

·        Ilmiy unvon, ilmiy daraja

·        Tadqiqot sohasi (2 satrdan oshmasligi kerak) 

·        Elektron pochta

 FORMATI VA HAJMI 

·     Sahifalar soni – 10 dan 15 gacha, 1.0 intervalda

·     Shrifti Times New Roman, 14 

·     Maqolaning asl tilida va ingliz tilidagi annotatsiyasi

·     Kalit soʻzlar (5 dan 7 gacha soʻz yoki iboralar)

·     Sahifalar chegarasi: yuqori, past, chap, oʻngdan – 2,5 см 

·     Sahifalarni raqamlash pastki oʻng burchakda 

·     Maqola tili: o’zbek, rus, ingiliz tillarida

·     Maqola fayl formati: Microsoft word (*.docx)

Key Action 1: Learning Mobility of Individuals

Key Action 2: Cooperation among organisations and institutions

Key Action 3

Jean Monnet Actions

Bizning hamkorlarimiz